9-fevral kuni “IT Park” Toshkent filialida “SI dan foydalangan holda veb-xizmatlarni yaratish bo‘yicha maslahatlar” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda texnopark matbuot xizmati.

Uchrashuv spikeri “Money Robo” kompaniyasi bosh direktori An Sang-Sun (Reon An) boʻladi.

Unda spiker quyidagilar haqida soʻzlab beradi:

  • Koreyada SI muxbirlar xizmatini tashkil etish holatlari asosida sunʼiy intellekt xizmatini rejalashtirish;
  • real keyslar asosidagi dasturiy ta’minotdagi MVP prototipi;
  • soʻnggi paytlarda eʼtiborni jalb qiladigan ChatGPTʼdan qanday foydalanish kerak.

Tadbirda ishtirok etish bepul bo‘lib, u ingliz tilida olib boriladi.

Unda ishtirok etish uchun 9-fevral kuni soat 15:00 gacha havola orqali ariza topshirish kerak.


Avvalroq “Spot” Startaplar uchun “SABAHlab” akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi. Unda ishtirok etish bepul boʻlib, arizalarni 13-fevralgacha joʻnatish kerak: