IT bo‘yicha “ITeens” onlayn tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Unda O‘zbekistonning barcha shahar va tumanlaridan 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etishlari mumkin. Ular 3 yosh toifasiga bo‘lingan: 10−11, 12−14 va 15−16 yosh.

Xakatonda dasturlash, grafik dizayn, veb-dizayn, o‘yin ishlab chiqish, animatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirok etish mumkin. Sovrin jamg‘armasi 17,5 mln so‘mni tashkil etadi.

Ishtirokchilar qiziqishlariga asosan yo‘nalishlarda ishtirok etishlari mumkin, faqat bittadan ortiq yo‘nalish tanlash mumkin emas.

24-mart kuni barcha ishtirokchilarga topshiriq beriladi hamda berilgan mavzu bo‘yicha g‘oyasini ishlab chiqish va amalga oshirish zarur.

Mavzu shu kuni xakaton boshlangach ma’lum qilinadi hamda tanlovning ikkinchi bosqichi — finalga yo‘l olish uchun 2 kun vaqt beriladi.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar 1 mln 250 ming so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Agar yo‘nalishga 15 dan kam odam ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, bu yo‘nalishdagi xakaton o‘tkazilmaydi.

Bu holat kuzatilganda ishtirokchilar oldindan xabardor qilinadi hamda boshqa yo‘nalish uchun qayta ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ladi. Bir yo‘nalishda maksimal 50 kishi ishtirok etadi.

Xakatonda ishtirok etish uchun 20-martgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.