Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) O‘zbekistonda yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish uchun kredit ajratilishini ma’lum qildi.

Bank vakillari “Enersok Foreign Enterprise” kompaniyasi bilan loyihani moliyalashtirish shartnomasini imzolagan hamda bank tomonidan ajratiladigan mablag‘ $393 mln.ni tashkil etadi.

Kompaniya Sirdaryo viloyatida quvvati 1,6 GVt bo‘lgan gaz issiqlik elektr stansiyasini qurish bo‘yicha bosh pudratchi vazifasini bajaradi.

Loyiha ishga tushirilgach, uni 25 yil davomida boshqarishi qayd etilgan.

Shuningdek, “Mizuho”, “Sumitomo Mitsui”, “Société Générale” banklari hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining birgalikda moliyalashtirishini hisobga olgan holda, jami investitsiyalar $805 mln.ni tashkil etadi.

Yangi loyiha JBIC va XMK tomonidan 2020-yilda memorandum tuzilganidan keyingi birgalikda moliyalashtiriladigan ikkinchi loyiha hisoblanadi.

Xususiy banklar tomonidan berilgan kreditning bir qismi “Nippon Eksport and Investment Insurance” tomonidan sug‘urta qilinadi.

2021-yil noyabr oyida “Sirdaryo-2” issiqlik elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender o‘tkazilgandi.

Fransiyaning “EDF”, Qatarning “Nebras Power” va Yaponiyaning “Sojitz” korporatsiyasi (keyinchalik “Kyuden International” qo‘shildi) konsorsiumi g‘olib bo‘ldi. U “Enersok” injiniring kompaniyasiga asos solgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, qurilish tugallangach, elektr stansiyasi 3 mlndan ortiq aholini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi va O‘zbekistondagi ishlab chiqarishning deyarli 10%ini qamrab oladi.

JBIC o‘tgan yilning kuzida mazkur issiqlik elektr stansiyasi uchun $500 mln to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar ajratilishini e’lon qildi.

Yaqinda XMK loyihaga $150 mln ajratib, $1 mlrd.dan ortiq mablag‘ni jalb qilishda ishtirok etishi haqida xabar berdi.