Buyuk Britaniya hukumati Alisher Usmonovning “USM xolding” kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Britaniya Tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berilmoqda.

Tegishli yozuv 11-aprel kuni rasmiy sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Qaror xoldingning Britaniyadagi aktivlarini muzlatish, shuningdek, mahalliy yuridik shaxslar tomonidan unga xizmat ko‘rsatishni cheklashni nazarda tutadi.

Britaniya tomoniga ko‘ra, “USM xolding” 2022-yil mart oyida sanksiyaga uchragan Usmonov tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita nazorat qilinadi.

Shuningdek, u Rossiya hukumati uchun strategik ahamiyatga ega sohalarda — tog‘-kon sanoati, telekommunikatsiya sanoati va IT-texnologiyalaridagi faoliyatini qayd etadi.

alisher usmonov, buyuk britaniya, sanksiya, usm xolding

Bundan tashqari, “USM xolding"ning ikki aksiyadorlari Vladimir va Varvara Skochlar qora ryxatga kiritilgan. Britaniya Tashqi ishlar vazirligi ularni milliarder Andrey Skoch bilan bog‘laydi, unga qarshi bir yil avval Buyuk Britaniyada ham sanksiyalar joriy etilgan.

Alisher Usmonov Rossiya va Ukraina oʻrtasida harbiy harakatlar boshlanganidan bir necha kun oʻtib Yevropa Ittifoqi, AQSh va Buyuk Britaniya sanksiyalariga uchragan.

Biroq, AQSh moliya vazirligi maxsus bosh litsenziyaga ega blgan rossiyalik milliarderning kompaniyalarini sanksiyalardan chiqarib tashladi.

Iyul oyida Usmonov “USM” kompaniyalarining bankrot boʻlish xavfini keltirib, YeI sanksiyalariga sud orqali eʼtiroz bildirishga uringani maʼlum boʻldi.

Sentabr oyida Vengriya rasmiylari tadbirkorni sanksiyalar ro‘yxatidan olib tashlashni talab qilgan, biroq tez orada o‘z talabini qaytarib olgan.

Biroz vaqt o‘tgach, YeI milliarderning singlisi Saodat Nurzievaga nisbatan cheklovlarni olib tashladi.

Noyabr oyida OAVda O‘zbekiston hukumati Usmonovga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni so‘rab Yevropa Ittifoqiga murojaat qilgani va unga huquqiy yordam taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Joriy yil yanvar oyida Alisher Usmonov pensiyaga chiqishi haqida xabar berilgandi. Milliarder sanksiyalarga qaramay, O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirishda davom etish niyatini bildirgan.