“I2BF Global Ventures” investitsion direktori Denis Kalishkin olib boruvchi “Venchur tahlilchisi” onlayn kursining 9-oqimiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Kurs bo‘lajak venchur investorlar, biznes farishtalar va startap asoschilari, shuningdek korporatsiyalarning innovatsion bo‘limlari xodimlari uchun mo‘ljallangan.

Dastur 23-aprel kuni boshlanadi va to‘rt hafta davom etadi.

Ishtirokchilar to‘rt hafta ichida Denis Kalishkindan venchur investitsiyalarning barcha ma’lumotlarni bilib oladi.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 22-aprelgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.


Avvalroq “Spot” “WePlay Ventures” o‘yin studiyalari uchun uch oylik akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.