“IT Park” rezidenti — “EPAM” kompaniyasi tomonidan “Quality Engineering Community Day 2023” onlayn konferensiyasiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.

Unda AQSh, Vengriya, Hindiston, Belarus hamda Gruziya kabi mamlakatlardan “EPAM” kompaniyasining 25 ta spikeri ishtirok etadi.

Dastur davomida menejerlar uchun muhandislik hisobotlari va ish tushunchalari haqida so‘z yuritiladi.

Shuningdek, mijozlar qiziqishlarini muayyan imkoniyatlarga aylantirish, test boshqaruviga ega bo‘lish zarurati hamda ma’lumotlar sifatiga qanday erishish mumkinligi haqida tushunchalarga ega bo‘lish mumkin.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati — 20-aprel.

Onlayn konferensiya 20-aprel kuni soat 10:00 da boshlanadi hamda ingliz tilida olib boriladi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq Denis Kalishkin olib boruvchi “Venchur tahlilchisi” kursining to‘qqizinchi oqimiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.