Mart oyida Toshkent shahrida huquqiy eksperiment tarzida naqd pul yechish xizmati ishga tushishi belgilangandi.

Xizmat 1-mayga qadar virtual kassa bilan qamrab olingan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida amalga oshirilishi qayd etilgan.

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovning qayd etishicha, virtual kassa tizimi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ida sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Spot” muxbiri.

Shuningdek, bu bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjat Adliya vazirligida ko‘rib chiqilmoqda.

“Korzinka tarmog‘i bilan kelishuv olib bormoqdamiz. Ular ham naqd pul berish uchun komissiyaning ma’lum foizini olishni xohlashadi. Biz bu komissiyani qisqartirish ustida ishlayapmiz”, — dedi regulyator rahbari.

Bundan oldin Mamarizo Nurmuratov “HUMO” va “UZCARD” to‘lov tizimlari integratsiyasi qachon yakunlanishi haqida ma’lum qilgandi.


Avvalroq Markaziy bank to‘lovlarni amalga oshirishda vositachilik haqining chegaraviy miqdorini belgilovchi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ygandi. Hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

1-maydan belgilangan ayrim xizmatlar uchun vositachilik haqining chegaraviy miqdori BHMning 20%i ya’ni 66 ming so‘mni tashkil etadi: