Majburiy ijro byurosi Toshkent shahrining Bektemir tumanida joylashgan binoning bir qismini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda auksion ma’lumotlarida keltirilgan.

Olti qavatli qurilishi tugallanmagan mazkur bino Chirchiq bo‘yidan uncha uzoq bo‘lmagan Husayn Boyqaro ko‘chasida joylashgan.

Obyekt qurilishi 2020-yilda boshlangan, biroq pardozlash ishlari hali yakuniga yetmagan.

Binoning xatlovga olingan liter 0010 qismi sotuvga qo‘yiladi. Lot ichidagi binolarning umumiy maydoni — 5238 kv.metr.

Lotning boshlang‘ich narxi 10 mlrd so‘mni, zakalat puli esa 500 mln so‘mni tashkil etadi.

Tender savdolari 26-may kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi, arizani shu kuni soat 09:00 gacha topshirish mumkin.

Lot Toshkent shahar sudining 2022-yil dekabrdagi hal qiluv qarori bilan sotuvga qo‘yilgan (4−1001−2218/42734-sonli ijro hujjati).

Auksionda ishtirok etish uchun arizalarni havola orqali qoldirish kerak.

Avvalroq Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Aloqabank"ning ma’muriy binolari bilan tuzilgan shartnoma bekor qilingani haqida xabar berilgandi.