Germaniyaning Copernicus Berlin International Excellence Scholarship (IES) amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Dastur bir semestr davomida mamlakatning nufuzli universitetlaridan birida o‘qish imkonini beradi. Xususan, qabul qilinganlar quyidagi to‘rtta universitetdan birida o‘qishlari mumkin bo‘ladi:

Unda Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan bo‘lgan, 28 yoshdan oshmagan bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichi talabalari ishtirok etishi mumkin.

Nomzodlarning nemis tilini bilish darajasi B1 yoki ingliz tilini bilish darajasi B2 bo‘lishi kerak.

Dasturga qabul qilingan talabalarga 3 xil ko‘rinishda — to‘liq va qisman qo‘shimcha va qisman stipendiyalar ajratiladi:

1. To’liq stipendiya o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • oylik cho‘ntak pullari;
  • tibbiy sug‘urta xarajatlari;
  • bepul turar joy.

Shuningdek, ro‘yxatga olish, javobgarlikni sug‘urtalash, ta’lim sayohatlari, ijtimoiy uchrashuvlar, ma’muriyat, kutib olish paketi, madaniy tadbirlar, xalqaro seminarlar, konsaltinglar, maslahatlar uchun xarajatlar bevosita Copernicus Berlin tomonidan qoplanadi.

2. Qisman qo‘shimcha stipendiyasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • oylik cho‘ntak pullari;
  • bepul turar joy.

Bunda ham ro‘yxatga olish, mas’uliyatni sug‘urtalash, ta’lim sayohatlari, ijtimoiy uchrashuvlar, ma’muriyat, kutib olish paketi, madaniy tadbirlar, xalqaro seminarlar, maslahatlar va nazorat xarajatlari bevosita Copernicus Berlin tomonidan qoplanadi.

Bu turdagi g‘oliblar sayohat xarajatlari va tibbiy sug‘urta xarajatlarini o‘zlari qoplashlari kerak bo‘ladi.

3. Qisman stipendiya qozonganlarga esa quyidagi imkoniyatlar mavjud:

Oylik cho‘ntak pullari hamda ro‘yxatdan o‘tish, javobgarlikni sug‘urtalash, ta’lim sayohatlari, ijtimoiy uchrashuvlar, ma’muriyat, kutib olish paketi, madaniy tadbirlar, xalqaro seminarlar, maslahatlar, nazorat va seminarlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Copernicus Berlin tomonidan qoplanadi.

Bunda ham sayohat va tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplanmaydi.

Bir ishtirokchi uchun dasturning umumiy stipendiyasi taxminan 12 590 yevroni tashkil qiladi va yuqoridagi xarajatlar uchun ajratiladi.

Nomzodlar onlayn ariza jo‘natishlari kerak. Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar topshiriq bajarishlari kerak. Undan yaxshi o‘tganlar bilan suhbat qilinadi.

Arizalarni joriy yilning 30-iyunigacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq AQShning Mayami universiteti bakalavr uchun grant dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.