“Nanodegree” bepul o‘quv dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Dastur “Google” va “Amazon” kabi IT kompaniyalari tomonidan tan olingan sertifikatga ega bo‘lish imkonini beradi.

Unda quyidagi to‘rtta yo‘nalishdan birida bepul ta’lim olish mumkin:

  • “Android Developer”;
  • “Data Analyst”;
  • “Front End Web Developer”;
  • “Full Stack Developer”.

Unda ishtirok etish uchun arizalarni 18-mayga qadar havola orqali jo‘natish mumkin.

Dastur haqida batafsil ma’lumotlarni bu yerdan so‘rash mumkin.


Avvalroq “EPAM” DevOps bo‘yicha trening dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.