O‘zbekistonda birinchi “Wildberries” saralash markazi ish boshladi. Bu haqda “Spot"ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda o‘zbekistonlik tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini mazkur marketpleysda sotishlari mumkin.

Bunda sotuvchilar buyurtmalarni onlayn qabul qiladi, keyin ularni saralash markaziga yetkazib beradi, u yerdan tovarlar xaridorlarga yuboriladi.

Toshkent viloyatida joylashgan logistika markazi 1122 kvadrat metr maydonga ega. Shuningdek, markaz mamlakatga xorijdan kiruvchi buyurtmalarni saralaydi va ularni keyinchalik buyurtmalar berish punktlariga olib boradi. O‘zbekistonda jami 57 ta qabul qilish punkti mavjud.

“Yangi „Wildberries“ markazining ochilishi oʻzbek biznesi vakillariga onlayn segmentga kirish, oʻz logistika xarajatlarini kamaytirish va bozorda oʻz mahsulotlari turlarini kengaytirish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.

“Wildberries” allaqachon O‘zbekistondagi tadbirkorlar bilan hamkorlik qilmoqda. Bugungi kunga qadar platformada 196 nafar mahalliy savdogar roʻyxatdan oʻtgan.

2023-yil aprel oyida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 79%ga oshdi.

Eng ommabop mahalliy tovarlar: kiyim-kechak va ichki kiyim, uy-ro‘zg‘or buyumlari va oziq-ovqat mahsulotlari, idish-tovoq va jihozlar, shuningdek, sport va bolalar kiyimlari hisoblanadi.


Avvalroq “Spot” “Wildberries” kompaniyasidan O‘zbekistonga buyurtmalar ikki baravar tez kela boshlagani haqida yozgandi.