Aholining elektromobillarga bo‘lgan talabi ortib bormoqda. Buni Statistika agentligi ma’lumotlaridan ham ko‘rish mumkin.

Xususan, joriy yilning yanvar-aprel oylarida 9 ta xorijiy davlatdan O‘zbekistonga qiymati $81,3 mlnlik 2 544 ta elektromobil import qilingan.

Natijada elektromobillar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1815 taga oshgan.

Birgina aprel oyi davomida xorijdan import qilingan elektromobillar soni 876 tamo tashkil etadi.

O‘tgan to‘rt oyda eng ko‘p elektromobil import qilingan davlat sifatida Xitoy turibdi. Mamlakatdan bu davrda jami 2 278 ta elektromobil olib kelingan.

Undan keyingi kuchli uchlikda esa Gonkong (202 ta) hamda Germaniya (32 ta) turibdi.

Shuningdek, aholi tomonidan BAA (16 ta), Koreya (9 ta) hamda AQSH (4 ta) dan elektromobillar xarid qilingan.

Dastlabki uch oyda mamlakatga xorijdan qiymati $54,7 mlnga teng boʻlgan 1668 dona elektromobil import qilingandi.

Avvalroq joriy yilda hududlarda 900 ta elektromobillarni quvvatlash qurilmalari o‘rnatilishi ma’lum qilindi.