“Yashil Energiya” hamda “Huawei” kompaniyalari o‘rtasida shartnoma imzoland, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi.

Hujjat ijtimoiy va davlat obyektlari hamda boshqa tashkilotlar ehtiyojlari uchun kichik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatishni nazarda tutadi.

Loyiha doirasida “Huawei Technologiyes” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, umumiy quvvati 300 MVt bo‘lgan invertorlar xarid qilinadi.


Fevral oyida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha MCHJ shaklidagi “Yashil energiya” kompaniyasi tashkil etilgandi.

Undan keyin mazkur kompaniyaga dastlabki $10 mln yo‘naltirildi. Dasturga asosan, joriy yilda tadbirkorlar, ijtimoiy soha va aholi xonadonlarida 1 ming 700 Megavatt quvvatli quyosh panellarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Mart oyiga borib, ijtimoiy va davlat binolari hamda boshqa tashkilotlar uchun kichik quyosh fotoelektr stansiyalarini sotib olish, o‘rnatish va kafolatlangan texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tanlovga arizalar qabul qilinishi xabar berildi. Biroq Energetika vazirligi tanlov natijalarini bekor qildi.

Bunga g‘olib kompaniyalar tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi sabab bo‘lgan. Shuningdek, vazirlik “Yashil Energiya” kompaniyasi tenderni biroz noto‘g‘ri tashkil qilganini ta’kidlangan.