Fevral oyida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha MCHJ shaklidagi “Yashil energiya” kompaniyasi tashkil etilgandi.

Qayd etilishicha, mazkur kompaniyaga dastlabki $10 mln yo‘naltirilgan. Dasturga asosan, joriy yilda tadbirkorlar, ijtimoiy soha va aholi xonadonlarida 1 ming 700 Megavatt quvvatli quyosh panellarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Energetika vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ijtimoiy va davlat binolari hamda boshqa tashkilotlar uchun kichik quyosh fotoelektr stansiyalarini sotib olish, o‘rnatish va kafolatlangan texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tanlovga arizalar qabul qilinmoqda.

Loyihaning umumiy quvvati 219,4 MVt bo‘lib quyidagi 6 ta lotga bo‘lingan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrining Olmazor tumani — 36,1 MVt;
  • Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari — 33,8 MVt;
  • Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani — 41,55 MVt;
  • Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari — 33,3 MVt;
  • Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahrining Chilonzor tumani — 34,1 MVt;
  • Toshkent shahri (Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlaridan tashqari) — 40,55 MVt.

Tanlov O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasining axborot portalida shaffof amalga oshiriladi.

Unda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida talablarga muvofiq tajribaga ega bo‘lgan manfaatdor kompaniyalar ishtirok etishlari mumkin.

Bu bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni “Yashil Energiya” kompaniyasidan olish mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bodomzor yo‘li, 28B.

STIR: 310243547.

Telefon: +99890−971−35−39.

El.pochta: yashilenergiya@gmail.com.


Avvalroq Chilonzorda 20 dan ortiq xonadon bu orqali 3−5 kVt quvvatli quyosh panellarini o‘rnatilayotgani haqida xabar berilgandi. Qurilmalarni 3 yil muddatga foizsiz bo‘lib to‘lash yo‘li bilan platforma orqali xarid qilish mumkin.