Instagram sun’iy intellektga asoslangan oʻzining chat-boti ustida ishlamoqda, deya xabar bermoqda “Engadget” nashri.

Yordamchi foydalanuvchining iltimosiga binoan maslahat beradi, savollarga javob berishi va post uchun taglavhalar yaratishi mumkin.

Ishlanmaga kirish huquqiga ega bo‘lgan muhandis Alessandro Paluzzi “Twitter"da Instagram sun’iy intellekt yordamchisini ishlab chiqayotganini aytgan.

Skrinshotlarga qaraganda, chat-bot savollarga javob bera oladi, shuningdek, maslahatlar beradi, postlar uchun taglavhalar yaratishga yordamlashadi va suhbatga kirishadi.

chat-bot, instagram, sun’iy intellekt

Paluzzining qo‘shimcha qilishicha, virtual yordamchi 30 tagacha turli shaxslarni tanlashni taklif etadi. Qahramonlarning har biri oʻziga xos muloqot uslubiga ega boʻladi.

Qayd etilishicha, “Instagram"ning bu funksiyani qachon ishga tushirish sanasi hozircha noma’lum.

Fevral oyida “Meta” asoschisi va bosh direktori Mark Sukerberg kompaniya xizmatlar uchun sun’iy intellekt algoritmlarini ishlab chiqayotganini ma’lum qilgan edi.

“Instagram"ga qisman sun’iy intellektni kiritgan boʻlib, aynan Reels tavsiyalar algoritmi texnologiyasiga asoslangan.


Avvalroq “Spot” “Google” qidiruv tizimini sun’iy intellekt bilan birlashtirmoqchi ekanligi haqida yozgandi.

Natijada qidiruv natijalarini taqdim etish usuli sun’iy intellektga asoslangan suhbatlar, qisqaroq videolar va ijtimoiy tarmoq postlarini joriy etish orqali o‘zgartiriladi.