Adliya vazirligi yo‘l belgilarini o‘rnatish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Mazkur qonun bilan yo‘l harakatini tartibga solish texnik vositalari viloyat, tuman va shahar hokimining qaroriga asosan o‘rnatilishi belgilanmoqda.

Xususan, taqiqlovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishidan kamida 20 kun oldin jamoatchilikka ma’lum qilinishi kerak.

Yo‘l belgilari reyestri shakllantirilib, unga kiritilmagan taqiqlovchi yo‘l belgilari huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi.

Shuningdek, yo‘l belgilarining dislokatsiyasi onlayn tarzda e’lon qilib boriladi.

Taqiqlovchi yo‘l belgilari faqat Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori asosida o‘rnatiladi.

Qonun loyihasi bilan batafsil havola orqali tanishish mumkin. Fikr-mulohazalar joriy yilning 22-iyunigacha qabul qilinadi.

Avvalroq Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda tezkor avtobuslar harakati uchun alohida ajratilgan yo‘lak tashkil etilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.