Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShning “NearSol” BPO kompaniyasi bosh ijrochi direktori Viktor Pereda bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda “NearSol” ofisini ochish va “IT Park” rezidentlik maqomini olish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, korxona uchun mamlakatda barcha sharoitlar mavjudligi qayd etilib, yetarlicha qulayliklarga ega ofis bilan ta’minlash, yuqori salohiyatga ega kadrlarni jalb qilish bo‘yicha takliflar berildi.

NearSol” 2006-yilda tashkil etilgan. Kompaniya korxona va mijozlarga xizmat ko‘rsatish, “bek-ofis"ni qo‘llab-quvvatlash, marketing va sotish kabi xizmatlarni taqdim etadi.

Kompaniya shtab-ofisi AQShda joylashgan. Shuningdek, Gvatemala, Kosta-Rika va Filippinda ofislari va 1200 dan ortiq xodimlari mavjud.


Avvalroq Misrning “Raya CX” (Raya Customer Experience) BPO kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.