Milliy haydovchilik guvohnomalarini berish xizmati Yagona portal orqali Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari yoki Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladi. Huquqiy axborot Telegram-kanalida qanday qilib ariza jo‘natish mumkinligi hamda to‘lovlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Joriy yilning yanvar oyidan eski haydovchilik guvohnomalarini onlayn almashtirish imkoniyati yaratilgandi. Aprel oyida portal orqali guvohnomani onlayn olish imkoniyati yaratilishi ma’lum qilingandi.

Yangi haydovchilik guvohnomalarini olish hamda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish uchun arizalarni portaldagi shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish mumkin.

Buning uchun belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qilish kerak va davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im mavjud — BHMning 10%i (33 ming so‘m) miqdorida.

Haydovchilik guvohnomasi nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarga beriladi. Bunda quyidagi miqdorda to‘lovlar amalga oshiriladi:

  • nazariy imtihon topshirish uchun — BHMning 10%i (33 ming so‘m);
  • har bir qayta nazariy imtihon topshirish uchun — BHMning 15%i (49,5 ming so‘m);
  • avtomototransportlarni hamda transport vositalari tarkibini amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun — BHMning 10%i;
  • har bir qayta amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun — BHMning 15%i.

Ariza beruvchi nazariy imtihondan o‘tgan taqdirda, unga darhol avtomatik tarzda amaliy imtihonga ruxsat beriladi hamda 2 oylik muddat ichida amaliy imtihonni topshirishi lozimligi haqida ogohlantiriladi.

Agar ariza beruvchi nazariy imtihondan o‘tolmasa, 7 kundan so‘ng imtihonni takroran topshirishi mumkin. Sun’iy ong orqali baholanadigan faqat maxsus tashkil etilgan avtodromda amaliy imtihonlar topshiriladi.

Ariza beruvchi nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgach, unga milliy haydovchilik guvohnomasi beriladi.

Mazkur guvohnomani berish uchun BHMning 70%i (231 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

Yagona portalda quyidagi xizmatlardan foydalanish mumkin:

Darvoqe, quyidagi muddatlargacha haydovchilik guvohnomalarini almashtirish belgilangan:

  • 2013−2015 yillarda berilganlari — 2023-yilning 30-sentabrigacha;
  • 2015-yildan keyin berilganlari — 2023-yilning 31-dekabrigacha.

Spot xizmatdan qanday foydalanish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etgandi.