Hukumatning ayrim qarorlarga ko‘chmas mulk tarixi ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi tegishli qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan ko‘chmas mulk tarixi ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.

Endilikda mazkur xizmatdan DXMga tashrif buyurgan holda yoki Yagona portal hamda davreestr.uz orqali foydalanish mumkin bo‘ladi.

Bunda ko‘chmas mulkning kadastr raqamini ko‘rsatib, so‘rovnoma to‘ldiriladi.

Onlayn ariza to‘ldirilganda so‘rovnomada xato va kamchiliklar bo‘lsa, ularni 5 ish kuni ichida bartaraf etish uchun qaytariladi.

Xizmatdan foydalanish narxi BHMning 0,5 baravarini (165 ming so‘m) tashkil etadi. Agar ariza Yagona portal orqali jo‘natilsa, yig‘im summasining 90%i (148,5 ming so‘m) undiriladi.

ko'chmas mulk, qonunchilik, yagona portal

Natijalar ma’lumotnoma tarzida 3 ish kunida taqdim etiladi hamda unda quyidagi ma’lumotlar bo‘ladi:

  • ko‘chmas mulkka nisbatan amaldagi va oldingi huquqlar (qurilgan yili, maydon kvadraturasidagi o‘zgartirishlar);
  • davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana;
  • huquqni belgilovchi hujjat turi, uni bergan organ va hujjat berilgan sana.

Agar xizmatdan DXMga borib foydalanilganda ma’lumotnomani elektron yoki qog‘oz shaklida olish mumkin.


Avvalroq Yagona portalda O‘zbekiston fuqaroligi uchun til bilish darajasini aniqlash bo‘yicha xizmat ishga tushishi haqida xabar berilgandi.