“EPAM Training Center” o‘zbekistonlik IT sohasiga qiziquvchilardan Java bo‘yicha amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Dastur korporativ ilovalarni ishlab chiqishni o‘zlashtirish, arxitektura naqshlari, ramkalar va bulutli hisoblashni o‘rganish hamda loyihalar bo‘yicha EPAMda texnik intervyuga tayyorlanish imkonini beradi.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, dastur ingliz tilida olib boriladi. Amaliyot davomiyli — 2,5−4 oy. Bu muddat ishtirokchilarning unga qancha vaqt sarflashiga qarab, qisqarishi mumkin.

Mentorlar ishtirokchilarga fikr-mulohaza va amaliy vazifalar bo‘yicha yo‘l-yo‘riq hamda ko‘nikmalarni takomillashtirish va kodlash qobiliyatini oshirishga yordam beradi.

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • ingliz tilini bilish darajasi B1 (Intermediate) va undan yuqori bo‘lish;
  • Java Core bo‘yicha mustahkam bilim va Java Multithreading ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  • Java veb-texnologiyalari bilan ishlash tajribasi (Front-End: HTML, CSS, JavaScript; Back-End: Servlets);
  • SQL Standard va JDBC API yordamida ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish bo‘yicha tajriba;
  • Spring Core va Spring MVC malakasi;
  • dizayn naqshlaridan boxabar bo‘lish;
  • birliklarni sinovdan o‘tkazish tajribasi.

Mazkur amaliyot faqat O‘zbekiston fuqarolari va mamlakatga doimiy yashash uchun kelgan relokant mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Amaliyotni muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilar ishlab chiqarish bo‘yicha texnik intervyuga qabul qilinish va “EPAM"dan ish taklifini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Unda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Vention” kompaniyasi yosh mutaxassislar uchun uchta yo‘nalish bo‘yicha bepul amaliyot dasturiga ariza qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.