Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan “T-REX” MChJga kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi. Bu haqda agentlik xabar bermoqda.

Tegishli ma’lumotlar litsenziyalarning elektron reyestriga belgilangan tartibda kiritilgan hamda agentlikning rasmiy saytida foydalanish uchun ochiq hisoblanadi.

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reestri ma’lumotlariga ko‘ra, “T-REX” MChJ asoschisi — Ziyayev Javohir Ulug‘bek o‘g‘li. Korxona joriy yilning 30-avgustida ro‘yxatdan o‘tgan. Kompaniyaning ustav fondi 10 mln so‘mni tashkil etadi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi reyestridagi ma’lumotlarga ko‘ra, kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan litsenziyalar soni 10taga yetdi.

Avvalroq “Paynet"ning sho‘ba korxonasi kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgandi.