“IT Park"ning Sirdaryo viloyati filialida masofaviy xizmatlar eksporti BPO logistika markazi ochildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Markaz IT va logistika yo‘nalishidagi xizmatlarni Sirdaryodan turib, AQShga eksport qilish imkonini beradi.

“BlueMateGruop” kompaniyasiga “IT Park rezidenti” guvohnomasi berildi.

Natijada, hozir 6ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, ularning sonini 50taga yetkazish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, yil yakunigacha IT xizmatlari hajmini $100 mlnga yetkazish belgilangan.

Avvalroq AQShning IT-autsorsing va BPO kompaniyalari bilan O‘zbekistonda 1500dan ortiq ish o‘rni yaratilishi ma’lum qilingandi.

Mazkur xizmatlarni ko‘rsatuvchi kompaniyalarni mamlakatga jalb qilish orqali 2024-yilning yakunigacha yangi ish o‘rinlarini tashkil etish belgilanmoqda.

Iyul oyida xorijiy IT va BPO kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Zero Risk” dasturi ishlab chiqilayotgani haqida xabar berilgandi.

“Zero Risk” dasturida ishtirok etish kompaniyalarga O‘zbekiston IT sohasiga minimal tavakkalchiliklar bilan kirib borish va mamlakat resurslari va imkoniyatlaridan foydalanishga zamin yaratadi.