26-sentabr kuni Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • Uchtepa tumani: “Uchtepa” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha;
  • Yashnobod tumani: “Ko‘ksaroy” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00dan 16:00gacha;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: “Jasorat”, “Alisherobod” hamda “Ijodkor” MFYlarning ayrim ko‘chalarida soat 10:00dan 16:00gacha;

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Vazirlar Mahkamasi 1-oktabrdan tadbirkorlar uchun elektr energiyasi va gaz tariflarini oshirishni tasdiqladi.

Shuningdek, vazirlik energiya narxini hozirgi darajada ushlab turish uchun budjetdan qancha mablag‘ sarflanishini hisoblab chiqdi.

Narx shakllanishining bozor mexanizmlari yo‘qligi tizimning rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda hamda davlat energetika sohasini subsidiyalashga majbur bo‘lyapti, deyiladi sharhda.