“Samsung” “Galaxy S24” smartfonlarini odatdagidan ertaroq taqdim etishi mumkin. Bu haqda “ixbt” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, kompaniyaning yangi smartfonlari taqdimoti 2024-yil 18-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.

Taqqoslash uchun “Galaxy S22” liniyasi 2022-yil 9-fevralda taqdim etilgan, “Galaxy S23” esa 1-fevralda, ya’ni avvalgilaridan ham ertaroq taqdim qilingan.

Yil boshiga yaqinlashgan e’lon “Samsung” kompaniyasining iPhone 15 liniyasi uchun raqobatchilarni imkon qadar tezroq taklif qilish istagi bilan bog‘liq.

Ishonchli insayderlardan biri flagman smartfonlarning asosiy komponentlarini ommaviy ishlab chiqarish oktabr oyida boshlanishi mumkin deya ma’lum qilgan.

Avvalroq “Samsung” sun’iy intellektga asoslangan retsept ilovasini ishga tushirgani haqida xabar berilgandi.

Ilova 8 xil tilni qo‘llab-quvvatlaydi va unda 104 ta davlat oshxonasidan 160 mingta retsept mavjud.


Avvalroq “Spot” iPhone 15 va 15 Plus, iPhone 15 Pro va Pro Max hamda Apple Watch Series 9 va Apple Watch Ultra 2 haqida asosiy ma’lumotlarni yozgandi.