Germaniyaning Gera savdo-sanoat palatasi o‘zbekistonliklarni mamlakatga ishga jalb qilishga yordam beradi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu bo‘yicha, agentlik rahbari Jahongir Xudoyxo‘jayev va Gera savdo-sanoat palatasi rahbari P.Hyone o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinib, fuqarolarni xavfsiz, tartibli va qonuniy tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga jalb qilish ishlari haqida ma’lumot berildi.

Tomonlar mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.

germaniya, ish, migratsiya, migratsiya agentligi

Hujjat bilan, o‘zbekistonliklarni nemis tiliga o‘qitish, kasbga tayyorlash va keyinchalik Germaniyada ishga joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Avvalroq o‘zbekistonliklar Germaniyaga Ausbildung asosida ishga jalb qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

Joriy yilda til kursini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar kelasi yili mazkur dasturda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Ta’lim jarayonida 950−1250 yevro miqdorida stipendiya beriladi.