O‘zbekistonliklar Buyuk Britaniyadagi mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Nomzodlar 18−45 yosh oralig‘ida bo‘lishi, rus yoki ingliz tilini bilishi, qishloq xo‘jaligi ishlari bo‘yicha tajribaga ega hamda sudlanmagan bo‘lishi kerak.

Ish haqi (ishbay) soatiga 10 funt sterling (150 ming so‘m) dan boshlanadi.

Fuqaro hisobidan quyidagilarga to‘lov qilinadi:

  • agentlik xizmati, o‘qitish va ko‘niktirish uchun BHMning 5 baravari (1,65 mln so‘m);
  • viza to‘lovi 330 funt sterling (4,96 mln so‘m);
  • aviachipta.

Nomzodlar 10-noyabr kuni soat 09:00dan 11-noyabr kuni soat 09:00gacha labormigration.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

13−14 noyabr kunlari ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning elektron pochtasiga rus tili bo‘yicha onlayn testga havola va uni topshirish shartlari yuboriladi.

Testdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ish beruvchi bilan suhbatga chaqiriladi.

Bunda, elektron pochta faqat @gmail.comda bo‘lishi shart. Tanlov sanasi va manzili haqida qo‘shimcha xabar qilinadi.

Batafsil ma’lumotlarni havola orqali yoki 71 202−33−55 hamda 1282 qisqa raqamidan bilib olish mumkin.


Avvalroq Germaniyaning Gera savdo-sanoat palatasi o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilishga yordam berishi haqida xabar berilgandi.