“O‘zbekiston temir yo‘llari” Toshkent-Angren yo‘nalishi bo‘yicha poyezd qatnovinni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 20, 21, 22-noyabr kunlari 6408/6409-sonli Toshkent-Angren-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha shaharlararo yo‘lovchi poyezdi vaqtinchalik harakatlanmaydi.

Bunga sabab sifatida harakat tarkibini modernizatsiya qilish ishlari olib borilishi keltirilgan.

8-noyabrdan Toshkent−Xojikent−Toshkent yo‘nalishdagi elektropoyezdlar harakati noma’lum muddatga to‘xtatilgandi.

Harakat tarkibini modernizatsiya qilish maqsadida 6435/6436-sonli Toshken-Xojikent-Toshkent hamda 6441/6442-sonli Toshkent-Xojikent-Toshkent yo‘nalishidagi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar vaqtinchalik harakatlanmaydi.

Avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” uchta vokzalni auksionga chiqargandi. Toshkent-Markaziy, Samarqand va Qo‘qon temir yo‘l vokzallari hamda ulardagi bo‘sh joylar DXSh asosida ijaraga beriladi.