“Telegram” jamoasi messenjerning yangi versiyasini taqdim etdi.

O‘xshash kanallar

Yuz millionlab foydalanuvchilar yangiliklar, kontent va olti panjali mushuklarning sun’iy intellekt yaratgan rasmlarini kuzatib borish uchun “Telegram” kanallariga obuna bo‘lgan.

Kanallarni topishni osonlashtirish uchun biror kanalga qo‘shilganda endi shu mavzudagi o‘xshash ommaviy kanallar ro‘yxatini ko‘rish mumkin.

Ro‘yxatda faqat ommaviy kanallar chiqadi, ular auditoriya mosligi asosida avtomatik tanlanadi. O‘xshash kanallarga kanal profilidan ham kirishingiz mumkin.

Hikoyalarni qayta joylash

Do‘stlar va sevimli kanallardan hikoyalarni ularning auditoriyasini oshirish uchun shunchaki ikkita bosishda sahifaga qayta joylash mumkin.

Hikoyani qayta joylash repost uchun alohida ko‘rinuvchanlik sozlamasi bilan birga matn, audio yoki hatto video fikr kabi qo‘shimcha kontent qo‘shish imkonini beradi.

Hikoyani qayta joylash uchun ulashish strelkasini bosing va “Hikoyani qayta joylash” bandini tanlang. Maxfiylikni himoyalash uchun faqat ko‘rinuvchanligi “Hamma” qilib sozlangan hikoyalarni qayta joylash mumkin.

Hikoyalarda video xabarlar

Endi hikoyalar ustidan fikrlar bilan yoki shunchaki yuzni ko‘rsatish uchun video xabarlar qo‘shish mumkin. Video xabarlar hajmini o‘zgartirish va ekranning istalgan nuqtasiga harakatlantirish, shuningdek, boshlanish va tugash vaqtini belgilash mumkin.

Ijodiy imkoniyatlar cheksiz — kadr ortida gapirishdan tortib o‘zingiz bilan turli qahramonlarda suhbatlashishgacha.

telegram, yangilanish

Qayta joylaydigan hikoyalar video xabarlarni ham qo‘llab-quvvatlaydi: trenddagi mavzuda fikrlarni ulashish yoki bir-birining hikoyasini qayta joylovchi blogerlar safiga qo‘shilish mumkin.

Video xabar yozish uchun hikoya muharririda kamera belgisini bosib turing. Tovush balandligini boshqarish uchun ekran quyi qismidagi video yo‘lakni bosib turing.

Profil ranglari (Premium)

Avvalgi yangilanishda Premium foydalanuvchilarga ismi, ular yuboradigan havolalar va javoblar uchun rang tanlash imkonini berilgan edi.

Endi “Telegram Premium” sahifani ajralib turadigan qilish uchun profilingizga logotiplar bilan unikal ranglar kombinatsiyasini (bu yoki bu kabi) sozlash imkonini ham beradi.

Xabarlar yoki profilingizni moslashtirish uchun Android ilovada Sozlamalar > Chat sozlamalari > Rangingizni o‘zgartirish rukniga, iOS ilovada esa Sozlamalar > Ko‘rinish > Rangingiz rukniga kirish kerak.

Siz va suhbatdoshingiz uchun fon rasmlari (Premium)

Istalgan kishi alohida chatlar uchun maxsus fon rasmlarini belgilashi mumkin. Bu har bir suhbatni turli mavzular va sevimli rasmlar bilan oson tanib olish imkonini beradi.

Endi Premium foydalanuvchilar bir xil ko‘rinishni tatbiq qilgan holda o‘zi va suhbatdoshi uchun ham fon rasmini belgilashi mumkin.

Yakkama-yakka chatda maxsus fon rasmi belgilash uchun ⋮ (iOS ilovada foyalanuvchi profilini ochish, keyin ⋯ belgisini tanlash) > Fon rasmini o‘zgartirish bandini bosish kerak.

Barcha uchun ovozni matnga aylantirish

2022-yildan boshlab Premium foydalanuvchilar ovozlar va video xabarlarni matnga aylantirish imkoniga ega bo‘lishdi. Bu ularga xabarda nima deyilganini tezda ko‘rish yoki hatto audioni turli tillarga tarjima qilishga yordam beradi.

Bu yangilanish bilan barcha foydalanuvchilar haftasiga 2 tagacha xabarni matnga aylantirishi mumkin. Uni sinash uchun shunchaki →A belgisini bosish kerak.

“Telegram Premium” hali ham cheklanmagan miqdordagi ovozli va video xabarlarni matnga aylantirish imkonini beradi.

Kanallar uchun hikoyalar statistikasi

Hikoyalar joylay oladigan kanallar endi qamrovi va unumdorligini kuzatish uchun batafsil grafiklar bilan hikoya tomoshalari, ulashuvlar va reaksiyalar uchun statistikani ko‘rishi mumkin.

telegram, yangilanish

Hikoyalar statistikasini hikoyangizni ko‘rayotganda ⋮/⋯ belgisini bosish yoki kanal profilida > ⋮/⋯ > Statistika rukniga kirish orqali ko‘rishi mumkin.

Kanallar uchun maxsus reaksiyalar

Kanal adminlari reaksiyalarni boshqarish uchun yangi interfeysga ega bo‘ldi: u yerda muayyan emojini qo‘shish yoki olib tashlashi mumkin.

Standart reaksiyalarga qo‘shimcha ravishda, kanallar maxsus emojilar ham qo‘shishi mumkin. Ular har bir darajasiga 1 ta maxsus reaksiya oladi.

telegram, yangilanish

Kanal statistikasida endi foydalanuvchilarning postlarga qanday reaksiya bildirganini ko‘rsatadigan reaksiya kayfiyati grafigi aks etadi.

Xabarlarda kodlarni ajratib belgilash

Yaqinda tugagan tanlov g‘olibi tufayli endi barcha Telegram ilovalari ```kod formatida``` yuborilgan xabarlarda ishlatilgan kodlash tilini aniqlay oladi, shuning uchun endi nihoyat Java va C# orasidagi farqni ko‘rish mumkin.

telegram, yangilanish

Mavzular uchun yaxshilanishlar

Mavzular yoqilgan guruhlarda ilova guruhni qayta ochgannda Xabarlar sifatida ko‘rish yoki Mavzular sifatida ko‘rish parametringni saqlaydi.

telegram, yangilanish

iOS ilovada “Tanos chertkisi” effekti

iOS ilovada avtomatik o‘chadigan xabarlar vaqti tugaganidan keyin ajoyib animatsiyaga ega bo‘ldi — ular butunlay o‘chib ketishidan oldin millionlab piksellarga bug‘lanishini tomosha qilish mumkin.

Alohida chatlardagi xabarlar yoki butun hisob uchun avtomatik o‘chirish taymerini yoqish mumkin. Yangi animatsiyani amalda ko‘rishning eng tez usuli — maxfiy chatdagi qisqa o‘chib ketuvchi taymer.