“Meta” kompaniyasi sun’iy intellektdan foydalangan holda tasvir generatorini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Techcrunch” nashri.

Dastur “Imagine with Meta” deb nomlanadi va u foydalanuvchilarga so‘z bilan tasvirlab, suratlar yaratish imkonini beradi.

Hozirda “Imagine with Meta” da yaratilgan tasvirlar faqat ko‘rinadigan moybo‘yoq bilan belgilangan, biroq ishlab chiquvchilar kelajakda uni sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan ko‘rinmas belgi bilan almashtirishni rejalashtirmoqda.

Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, bunday belgilar tasvirni kesish, rang va o‘lchamdagi o‘zgarishlar, skrinshotlar, siqish, shovqin va hokazolarga chidamli bo‘ladi.

Kelajakda “Meta” o‘zining ko‘plab saytlarida sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan tasvirlar bilan ko‘rinmas suv belgilarini joriy qiladi.


Avvalroq “Spot” “Meta” “Messenger” uchun sun’iy intellektga asoslangan chat-botlarni taqdim etgani haqida yozgandi.

Chat-botlar har biri o‘ziga xos xususiyat va ixtisoslikka ega bo‘lib, foydalanuvchi savollariga javob beradi.