“Instagram” “Stories"da yangi fonni almashtirish va yaratish uchun generativ vositani taqdim etadi, deya xabar bermoqda “TechCrunch” “Meta” generativ sun’iy intellekt rahbari Ahmad Al-Dalega tayanib.

Rasmdagi fon muharriri belgisi bosilganda, maslahatlar paydo bo‘ladi. Masalan, “Qizil gilamda”, “Dinozavrlardan yugurish” va “Kuchukchalar bilan o‘ralgan”.

fon, instagram, stories, sun'iy intellekt

Bundan tashqari foydalanuvchi o‘zining variantini yozishi mumkin va xizmat uni yaratadi.

Hikoya nashr etilgandan so‘ng, obuna bo‘lgan foydalanuvchi uchun “sinab ko‘rish” tugmasi orqali yaratilgan fonni sinab ko‘rishlari mumkin.

Avvalroq “Instagram” sun’iy intellekt yordamida stiker yasash funksiyasini qo‘shgandi. Stikerlarni telefondan suratlar va videolarni yuklash yoki Instagramdan tanlash orqali yaratish mumkin.

Shuningdek, “Instagram” ilovada “Reels"ni yuklab olish imkoniyatini taqdim qilgandi.

Bunga foydalanuvchilar videolarni keyinroq ko‘rish uchun Instagram ilovasiga saqlashi yoki boshqa xizmatlar orqali videoni yuklab olishi mumkin edi.


Avvalroq “Spot” “Meta” sun’iy intellektli tasvir generatorini taqdim qilgani haqida yozgandi.

Mazkur dastur foydalanuvchilarga suratlarni so‘z bilan tasvirlash yordamida yaratish imkonini beradi.