Telegram qo‘ng‘iroqlarida ovozni o‘zgartirish funksiyasi paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda “The Verge” nashri.

Yangi funksiya “Telegram"dagi qo‘ng‘iroqlarda ovozni o‘zgartirish uchun turli sun’iy intellektga asoslangan ovozlarni tanlash imkonini beradi.

Qayd etilishicha, yangi “VMgram” funksiyasi “Telegram"ning Android foydalanuvchilari uchun allaqachon mavjud va “iOS” operatsion tizimidagilar uchun keyinroq taqdim qilinadi.


Avvalroq “Spot” “Telegram"da navbatdagi yangilanishlar taqdim etilgani haqida yozgandi.

Xususan, o‘xshash kanallarni topish, hikoyalarga video xabarlar qo‘shish, barcha uchun ovozni matnga aylantirish hamda boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi.