“Samsung” Windows uchun “SamsungPhone” nomli ilova taqdim etdi, deya xabar bermoqda “News Rambler” nashri.

Bu esa yangi Galaxy kompyuterlari va smartfonlarini to‘liq sinxronlash imkonini beradi.

“SamsungPhone” ilovasining ishlash usuli macOS operatsion tizimida ishlaydigan kompyuterlardagi “Apple” ekotizimiga o‘xshaydi.

Ya’ni mobil qurilmada saqlangan ma’lumotlar kompyuterda mavjud bo‘ladi. Yangi ilova yordamida smartfon va kompyuter sinxronlashtiriladi.

Bu orqali qurilmalar o‘rtasida almashmasdan qo‘ng‘iroq qilish, xabarlar qabul qilish, kontaktlarni boshqarish, fayllarni uzatish va “Samsung Notes” bilan kompyuter ish stolida ishlash mumkin.

Bundan tashqari, “SamsungPhone” monitorga ulanganda telefoningizni shaxsiy kompyuterga aylantiradigan qo‘shimcha “Samsung DeX” rejimi bilan qurilmalar o‘rtasida hamkorlikni ta’minlaydi.

Ammo hozircha ushbu ilovadan faqat yangi “Samsung” noutbuklarida foydalanish mumkin.


Avvalroq “Spot” “Samsung” smartfonlariga qo‘ng‘iroqlarni real vaqtda tarjima qilish funksiyasi qo‘shilishi haqida yozgandi.

Sun’iy intellekt tarjimoni kelasi yil chiqarilishi kutilayotgan Galaxy S24 telefonlari bilan birga taqdim etilishi mumkin.