Indoneziyaning Bali oroli hukumati 14-fevraldan xorijiy fuqarolardan turistik yig‘im undirishni boshlaydi. Bu haqda “Jakarta Globe” nashri xabar berdi.

Baliga tashrif buyurgan xorijliklar uchun bir martalik to‘lov o‘tgan yili e’lon qilingandi. Viloyat hukumati bu haqdagi qarorni noyabr oyida tasdiqlagandi.

To‘lov 150 ming Indoneziya rupiyasini (hozirgi kurs bo‘yicha $9,6) tashkil qiladi. Kelishdan oldin ro‘yxatdan o‘tishda “Love Bali” portali orqali onlayn to‘lovni amalga oshirish mumkin.

To‘lov uchun “Visa”, “Mastercard”, “American Express”, “JCB” va Indoneziya milliy “BCA” kartalari yoki bank o‘tkazmalari qabul qilinadi. To‘lovdan so‘ng sayyoh tasdiqlash uchun QR-kodli kvitansiya oladi.

Shuningdek, to‘lov “Denpasar” aeroporti va “Benoa” portidagi maxsus kiosklar orqali ham qabul qilinadi. Bundan tashqari, mahalliy hokimiyatlar mehmonxonalar va sayyohlik nuqtalarida inkassatsiya kolleksiyalarini ishga tushirmoqchi.

Indoneziya turizm va kreativ iqtisodiyot vaziri Sandiaga Unoning aytishicha, olingan mablag‘lar orolda transport va infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, yig‘im orqali mahalliy madaniyat qo‘llab-quvvatlanadi.

Avvalroq o‘zbekistonliklar Qozog‘istonda 30 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.