Markaziy bankning 2024-yil 14-mart holati bo‘yicha, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12546 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 11-mart kuni belgilangan qiymatga nisbatan qariyb 43 so‘mga qimmatladi.

14-mart kuni “Hamkorbank”, “KDB Bank Uzbekistan” va “Orient Finans bank"da sotish kursi 12610 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12585 so‘mdan 12490 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi 12485 so‘mdan 12520 so‘mgacha yetdi. Eng arzon xarid narxi “Turonbank” tomonidan taklif etilmoqda — 12485 so‘m.