“TikTok” “Instagram” platformasi bilan funksionallik bo‘yicha raqobatlashuvchi yangi surat almashish ilovasini chiqarishga tayyorlanmoqda.

“TheSpAndroid” Android uchun “TikTok"ning beta-versiyasida yangi “TikTok Photos” ilovasiga ko‘plab havolalarni topdi.

Topilgan kod satrlariga ko‘ra, “TikTok Photos” foydalanuvchilarga “TikTok"dan o‘zlarining ommaviy suratlarini import qilish yoki sinxronlashtirish imkonini beradi.

Shunday qilib, ular allaqachon asosiy ilovada baham ko‘rgan kontent ishga tushirilgandan so‘ng “TikTok Photos"da mavjud bo‘ladi.

“TikTok"ning bu harakati “Instagram"dagi kontent ishlab chiqaruvchilarning noroziligi kuchayib borayotgan bir paytda yuz berdi.

Ular platforma video kontentga e’tibor qaratish foydasiga fotosuratlar almashishdagi dastlabki e’tiborini yo‘qotganini aytishmoqda.

Shuningdek, kodda “TikTok Photos” tez orada ishga tushirilishi aytiladi, ammo aniq sana hali noma’lum.


Avvalo “Spot” “TikTok” video davomiyligini 15 daqiqagacha oshirmoqchi ekanligi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, platforma shu orqali “YouTube” auditoriyasini jalb qilishni rejalashtirmoqda.