“Kia” 427 407 dona “Telluride” yo‘ltanlamaslarini qaytarib oladi, deya xabr bermoqda “CNN” nashri.

Bunga to‘xtab turish vaqtida vaqt o‘tishi bilan avtomobilning bexosdan harakatlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan transmissiya yig‘ish nuqsoni bilan bog‘liq muammo sabab bo‘lgan.

AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020−2023 yillar oralig‘ida ishlab chiqarilgan barcha “Telluride” avtomobillari, shuningdek, 2024-yilgi ba’zi modellar qaytarib olinadi.

Barcha muammoli “Telluride” egalari yangilangan elektron to‘xtash tormoz dasturini o‘rnatish uchun o‘z avtomobillarini “Kia” dileriga olib borishlari kerak.

Qayd etilishicha, kompaniya bu kamchilikni o‘z hisobidan tuzatishni rejalashtirmoqda.

2019-yil oxirida chiqarilganidan beri “Telluride” o‘zining keng saloni tufayli amerikaliklar orasida muvaffaqiyat qozondi.

AQShda “Telluride"ga talab shu qadar yuqori ediki, ba’zi yillarda “Kia” bunday transport vositalarini yetarli darajada ishlab chiqarishga ulgurmadi.


Avvalroq “Spot” “Mercedes-Benz” Xitoyda qariyb 360 mingta avtomobilini qaytarib olishi haqida yozgandi.

Avtomobillarning qaytarib olinishiga ishonchsiz saqlagich, akkumulyatordan oqayotgan elektrolitlar va haydash paytida dvigatellar to‘xtab qolishi sabab bo‘lgan.