Avvalroq Ramazon hayitida jamoat transporti 04:00dan 10:00gacha bepul xizmat ko‘rsatishi haqida xabar berilgandi.

Ushbu ayyom munosabati bilan Toshkent metropoliteni ham yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratilayotganini ma’lum qildi.

Xususan, 10-aprel kuni Toshkent metropoliteni soat 04:00dan 10:00ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatda joriy yilda Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Avvalroq “Toshshahartransxizmat” bayram kunlari Toshkent shahrida jamoat transportlari qanday harakatlanishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Toshkent metropoliteni qanday harakatlanishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Ramazon hayiti kuni poytaxtda jamoat transporti hamda metro poyezdlari soat 04:00dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.