“TikTok” foydalanuvchilari qisqa videoxizmati tez orada yangi “TikTok Notes” ilovasini ishga tushirishi haqida bildirishnomalar olishni boshladi, deb yozadi “TechCrunch”.

Xabarnomaga ko‘ra, ilovada fotosuratlarni chop etish mumkin bo‘ladi, shuningdek, unda “TikTok” foydalanuvchilarining mavjud foto nashrlari ham namoyish etiladi.

tiktok, tiktok notes

“TikTok” nashrga ilova ustida ishlayotganini tasdiqladi, ammo u hali mavjud emas. Uning qachon ishga tushishi aniqlanmagan.

Mart oyida “TikTok” “Instagram” platformasi bilan funksionallik bo‘yicha raqobatlashuvchi yangi surat almashish ilovasini chiqarishga tayyorlanayotgani haqida xabar berilgandi.

“TheSpAndroid” Android uchun “TikTok"ning beta-versiyasida yangi “TikTok Photos” ilovasiga ko‘plab havolalarni topdi.

Topilgan kod satrlariga ko‘ra, “TikTok Photos” foydalanuvchilarga “TikTok"dan o‘zlarining ommaviy suratlarini import qilish yoki sinxronlashtirish imkonini beradi.

Shunday qilib, ular allaqachon asosiy ilovada baham ko‘rgan kontent ishga tushirilgandan so‘ng “TikTok Photos"da mavjud bo‘ladi.