Toshkentda yuk mashinalari harakati to‘liq cheklanadi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Xususan, 9-aprel kuni soat 17:00dan 10-aprel soat 17:00gacha Toshkent shahriga yuk avtomashinalarining kirishi va harakatlanishi to‘liq cheklanadi.

Biroq, cheklovlar avariya-qutqaruv xizmatlari mashinalari va maxsus transport vositalariga amal qilmaydi.

Bu Ramazon hayiti munosabati bilan poytaxtda xavfsizlik choralarini ko‘rish maqsadida belgilanmoqda.

Ramazon hayiti kuni mamlakatdagi barcha jamoat transporti 04:00dan 10:00gacha bepul xizmat ko‘rsatadi. Toshkent metropolitenidan ham xuddi shu vaqtlarda bepul foydalanish mumkin.

Bundan tashqari, bayram kunlari Toshkent shahrida jamoat transportlari va metro qanday harakatlanishi haqida ma’lumotlar berilgandi.