Dubayda oltin banknota muomalaga chiqarildi. Bu haqda “Tine Out Dubai” nashri xabar berdi.

Banknota 0,1 gramm 24 karatlik oltindan iborat qog‘ozdan tayyorlangan bo‘lib, unda Dubaydagi diqqatga sazovor joylar tasvirlangan.

Barcha pullar singari, u ham o‘z seriya raqamiga ega, lekin to‘lov vositasi emas — bu kolleksiyali suvenir hisoblanadi.

Banknotalar Dubay oltin bozoridagi “Dian Jewellery” va “Shantilal Jewelers” magazinlarida mavjud.

Ularni “Dian Jewellery” veb-saytida ham onlayn xarid qilish mumkin. Ularning har biri 159 dirham (taxminan 40 evro) turadi va esdalik muqovasi bor.


Avvalroq “Spot” Argentinada Messining banknotalari paydo bo‘lishi mumkinligi haqida yozgandi.

Mamlakat rasmiylari 1000 pesolik banknotada futbolchi tasvirini qo‘yish variantini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.