Ilgari mashhur messenjer “Mail.ru Agent” rasman o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda “hi-tech.mail” nashri xabar berdi.
Xizmat yigirma yil davom etib, 20-avgust kuni rasman yopildi.
Endi foydalanuvchilar loyiha veb-saytini ochishga harakat qilganda, ularga zamonaviy muqobillarga o‘tish taklif etilmoqda.
Masalan, “VK Messenger” xizmatida do‘stlar bilan muloqotni davom ettirish, shuningdek, “VK WorkSpace"dan biznes yozishmalari uchun vosita sifatida foydalanish mumkin.
“Mail.ru Agent” 2003-yil may oyida rivojlana boshladi. Dastlab, xizmat kompaniyaning pochta qutilariga kelgan xatlar haqida bildirishnomalarni olish imkonini bergan.
Ishga tushirilgandan olti oy o‘tgach, foydalanuvchilarga tezkor xabarlar almashishga ruxsat berildi. “M-Agent” deb nomlangan xizmat birinchi rus internet peyjeri hisoblanadi.
Xizmatdan kompyuterlarda ham, Internetga ulangan mobil telefonlarda ham foydalanish mumkin edi.
Smartfonlarning rivojlanishi bilan iOS va Android uchun versiyalar paydo bo‘ldi. Xizmatning funksionalligi bir necha bor kengaytirilgan.
Misol uchun, ishlab chiquvchilar ovozli qo‘ng‘iroqlar va video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyatini qo‘shdilar. Va 2011-yilda “Agent” ICQ messenjeri bilan birlashtirildi, u ham yaqinda butunlay ishlamay qoldi.
Avvalroq “Spot” “X” ijtimoiy tarmog‘i senzura tufayli Braziliyadagi ofisini yopishi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, bunga Braziliya Oliy sudi sudyasi Aleksandr de Moraesning bosim o‘tkazishga urinishlari sabab bo‘lgan.