9-sentabr kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
1 gramm oltin 1 mln 506 ming 200 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 7 mln 531 ming so‘mdan sotilmoqda.
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
- 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 7 mln 531 ming so‘m;
- 10 gramm oltin quyma narxi 15 mln 62 ming som;
- 20 gramm oltin quyma narxi 30 mln 124 ming so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 75 mln 310 ming so‘m;
- 100 gramm oltin quyma narxi 150 mln 620 ming so‘mni tashkil qiladi.
9-sentabr kuni oltinning jahon kotirovkalari troya unsiyasi uchun $3700ga yaqinlashdi.
Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $3695,60ni tashkil qildi.

Goldman Sachs Group Federal zaxira tizimining mustaqilligiga putur yetgan taqdirda, oltin narxi bir unsiya uchun qariyb $5 minggacha ko‘tarilishi mumkinligini bashorat qilmoqda.
Bank tahlilchilari, hatto g‘aznachilik obligatsiyalaridan oltinga o‘tkaziladigan aktivlarning oz miqdori ham qimmatbaho metall narxining sezilarli darajada oshishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblashmoqda.