12-dekabr kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

1 gramm oltin 1 mln 700 ming 350 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 8 mln 502 ming so‘mdan sotilmoqda.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 8 mln 502 ming so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 17 mln 3 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 34 mln 7 ming so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 85 mln 179 ming so‘m;
  • 100 gramm oltin quyma narxi 170 mln 35 ming so‘mni tashkil qiladi.

12-dekabr kuni oltinning jahon kotirovkalari troya unsiyasi uchun $4300 dan oshdi.

Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $4305,85ni tashkil qildi.

markaziy bank, oltin quymalar

Noyabr oyida oltin quymalarni bank ilovalari orqali olish tartibi belgilangani haqida xabar berilgandi.

Endi fuqarolar oltin quymalarni bank bo‘limlariga bormasdan, mobil ilova orqali xarid qilish va sotish imkoniga ega bo‘ladi.

Avvalroq Spot oltin quymalarni qayerdan va qanday sotib olish, oltin depozitini ochish yoki tokenlarga investitsiya kiritish bo‘yicha to‘liq ko‘rsatmalarni to‘plagandi.