Mamlakatdagi banklardan birining Andijon viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari $40 ming pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, u kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan mulklarni auksion va to‘g‘ridan to‘g‘ri sotuvga chiqarish vakolatiga ega bo‘lgani holda, xizmat mavqeidan foydalanib, shaxsiy boylik orttirishni maqsad qilgan.
Bank xodimi kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan, Asaka tumanida joylashgan, umumiy bahosi 16,8 mlrd so‘mlik xususiy davolash markazining 4 qavatli binosi auksion savdo platformasida sotuvdan qaytganligidan foydalangan.
Uning narxini 12 mlrd so‘mga tushirgan holda, bank tashkiloti hisobiga olib, mahalliy tadbirkorga auksion savdolarisiz 7 yil muddatga foizsiz kredit hisobidan olib berish evaziga $90 ming talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu mansabdor shaxs $40 ming olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Spot Toshkentda bank eksperti $10 ming pora bilan qo‘lga tushgani haqida yozgandi.
Mutaxassis Samarqanddagi bankdan 1,25 mlrd so‘mlik kredit olib berishni va’da qilib, korxona rahbaridan $10 ming olgan