Apple Intelligence funksiyalari va yangilangan Siri bilan bog‘liq jamoaviy da’voni hal qilish uchun 250 mln to‘lashga rozi bo‘ldi, deya xabar bermoqda Reuters.
Kompaniya yangi sun’iy intellekt imkoniyatlarini ishga tushirish muddatlari haqida xaridorlarni chalg‘itganlikda ayblangan.
Da’vogarlarning ta’kidlashicha, Apple Apple Intelligence funksiyalarini allaqachon mavjud deb reklama qilgan, ammo ularning chiqarilishi kechiktirilgan.
Da’vo 2024-yil 10-iyundan 2025-yil 29-martgacha AQSHda sotib olingan iPhone 16, iPhone 15 Pro va iPhone 15 Pro Max qurilmalariga taalluqlidir.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gadjet egalari arizalar soniga qarab har bir gadjet uchun 25 dollardan 95 dollargacha olishlari mumkin.
Apple o‘z aybini tan olmadi, ammo uzoq davom etadigan sud jarayonlari va qo‘shimcha xarajatlardan qochish uchun kelishuvga rozi bo‘ldi.
Ish bo‘yicha yakuniy sud majlisi 2026-yil 17-iyunga Kaliforniya sudida bo‘lib o‘tadi. Bitim oldindan ma’qullangandan so‘ng, kompensatsiya uchun ariza topshirish uchun maxsus sayt ishga tushiriladi.
Avvalroq Apple kompaniyasi iPhone korpusidagi klassik tugmalardan voz kechib, sensorli panellarni almashtirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangilik 2027-yilda chiqariladigan yubiley iPhone’ga tatbiq etish uchun sinovdan o‘tkazilmoqda.
Oddiy mexanik tugmachalar o‘rniga qattiq jismli tugmalar paydo bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bular vibro-javob orqali taktil aks ta’sirga ega bo‘lgan sensor sohalardir.
Insayderning ta’kidlashicha, mutaxassislar allaqachon turli sharoitlarda, jumladan, qo‘lqoplarda, ho‘l qo‘llar bilan, ekstremal haroratda va g‘ilof kiygan holda sinovlar o‘tkazgan.