1-iyundan O‘zbekistondagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari avtomobillar uchun metan narxini oshirdi. Bunga ijtimoiy tarmoqlarda e’tibor qaratildi.

Siqilgan tabiiy gazning yangi narxlari bir kubometr uchun 5700 so‘mdan 5800 so‘mgacha (aksiz solig‘i va QQSni hisobga olgan holda) o‘zgarib turadi. Bungacha o‘rtacha narx 5250 so‘mni bo‘lgan — o‘sish 8,5−10% ni tashkil qilgan.

Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Narxlarning oshishi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 15-may kuni tasdiqlangan tabiiy gazning yangi tariflari kuchga kirishi bilan bir vaqtda sodir bo‘ldi.

Qarorga ko‘ra, AGTKSHlar uchun 1 kub metr tabiiy gaz narxi 2700 so‘mni tashkil etadi.

Oxirgi marta narxlar 2025-yil 1-mayda oshgan edi. O‘shanda metan yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun gazning sotish narxi qariyb 39% ga oshib, bir kubometr uchun 2500 so‘mni, yakuniy iste’molchilar uchun esa 5200 so‘mni tashkil etgan edi.


Avvalroq Spot O‘zbekiston aprelda Xitoyga gaz eksportini tiklab, yetkazib berish hajmi uch baravarga oshirgani haqidda yozgandi.