Bu yil futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionatida qatnashdi. O‘yinlar translyatsiyasi millionlab muxlislarni yig‘di, sayyoraning asosiy turniriga qiziqish esa o‘zining cho‘qqi pallasiga chiqdi.
Har qanday keng ko‘lamli tadbirni odamlar — jumladan, kadr ortida qolgan kishilar tashkil qiladi. Shundaylardan biri bosh oshpaz Nixit Vargxes (Nikhith Varghese), u 2022-yil Qatarda o‘tgan Jahon chempionatida keyteringni boshqardi.
Nixit O‘zbekistonda o‘tgan yil sentyabrdan buyon istiqomat qiladi — u Destination by Hyatt jahon brendining Markaziy Osiyodagi loyihasi bo‘lmish Beldersoy Resort & SPA premium kurortining oshxonasini boshqarish uchun mamlakatga keldi.
Futbol bo‘yicha Jahon chempionatida keyteringga qanday qilib rahbarlik qilish mumkin
Hammasi W Doha mehmonxonasining restoranida ijrochi su-shef lavozimini egallash taklifini olganimdan boshlandi. Bu mehmonxona Marriottning Yaqin Sharq tarmog‘ida Food&Beverage toifasi bo‘yicha eng yaxshi maskanlardan sanaladi. Aynan o‘sha yerda Jan-Jorj Vongerixten — loyihalari butun dunyo bo‘ylab muntazam ravishda Michelin yulduzlarini oladigan afsonaviy bosh oshpazning restoranlari ochilgan. U paytlarda men Ummondagi Al Bustan Palace (Ritz-Carlton tarmog‘i) lyuks-mehmonxonasida banket xizmatining bosh oshpazi edim, shuningdek Dubayning nufuzli kurortlari — Madinat Jumeirah, St. Regis (Marriott tarmog‘i) va Ritz-Carlton Grand Canal’da tajriba orttirgandim.
O‘sha 2022-yilning o‘zida Qatar jahon futbol hayotining markaziga aylandi. W Doha Qatar Milliy konferens-markazi (QNCC)ga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tenderni yutib oldi. Aynan shu yerda sayyoraning turli burchaklaridan kelgan minglab jurnalistlar ishladilar, shu yerdan butun dunyoga xabarlar tarqaldi va aynan shu yerga o‘yinchilar va trenerlar intervyu bergani kelardilar.
Ish davomida men zamonaviy futbolning barcha afsonalarini ko‘rishga ulgurdim. To‘g‘ri, xodimlar uchun qat’iy cheklovlar mavjud edi: dastxat olishimiz, selfi tushishimiz yoki o‘yinchilardan futbolka so‘rashimiz taqiqlangandi. Shu sababli, Lionel Messi besh metr naridan o‘tib ketganda jimgina kuzata oldim, xolos.
Besh oylik tayyorgarlik
Chempionatga tayyorgarlikni biz besh oy ko‘rdik. Biz menyuni muhokama qildik, keytering joylarini o‘rgandik, yetkazib beruvchilarni saraladik va yetkazib berish hajmlarini hisoblab chiqdik. Go‘sht, sabzavot va baqqollik mahsulotlari bo‘yicha ma’lumotlar hukumatga taqdim etilardi — Qatar uzluksiz ta’minot kafolati bo‘lgandi va mahsulotlar tanqisligi davlat obro‘siga putur yetkazishi mumkin edi.
Shuningdek, FIFA funksionerlari uchun 15 ta degustatsiya o‘tkazdik. Ulardan tayinli javob chiqmadi ham, yondashuv o‘ta sodda edi: indamadimi — demak, hammasi joyida. Agar taom ta’mi tasdiqlangan standartdan farqlanganda, degustatorlar kerakli o‘zgratishlarni aytardilar.

JCH oshxonasi — improvizatsiyalar maydoni emas
FIFA — nihoyatda tizimlashtirilgan tashkilot. Barcha jarayonlar LOS (Line of Service) nomli monumental qoidalar jamlanmasi orqali tartibga solinadi. Jamoamiz uchun bu hujjat keytering “qobusnoma"siga aylandi. Jahon chempionatida retseptni mustaqil o‘zgartirish yoki yangi taom o‘ylab topish ilojsizdir. Chunonchi, gazak porsiyasi 120−125 gramm, issiq taom — 250−350 gramm, desert — 100 gramm bo‘lishi kerak. Har bir taom tanovuli uchun uch turda salat, bitta issiq gazak, to‘rtta turda asosiy taom, ikkita desert va ikki turda barra meva hozirlash kerak bo‘lardi.
FIFA yo‘riqnomalarining buzilishi jarimalarga sabab bo‘ladi, ular mehmonxonaning keytering uchun oladigan haqini kamaytirib yuboradi.
Ko‘lam: kuniga 9000 porsiya va VAR yopiq hududi
Jahon chempionatidagi jamoam Fransiya va Italiyadan to Hindiston va Afrika mamlakatlarigacha — sayyoraning turli chekkalaridan kelgan 144 nafar oshpazdan iborat edi. Kun tonggi 6:00 larda boshlanib to 23:00 gacha davom etardi.
Oshxona xabi Qatar milliy konferens-markazi (QNCC) hududida joylashgandi. Biz har kuni uchta to‘liq siklni — nonushta, tushlik va kechki ovqatni yopardik. Har bir taom tanovuliga 3000 atrofida kishi kelardi, ya’ni sutkasiga 9000 porsiya taom taqdim etardik. Butun dunyodan kelgan nozik ta’b matbuot vakillari bizdan restoran sifatini va benuqson servisni kutardi.
Keytering infratuzilmasi bir necha strategik hududlarga bo‘lingandi:
- asosiy restoran — jurnalistlarning uch mahal ovqatlanishi uchun shved stoli tizimida ishlovchi katta fud-xoll;
- 12 ta Food & Beverage nuqtasi — italyan, O‘rta Yer dengizi va Yaqin Sharq taomlariga ega burchaklarl;
- ko‘ngillilar va xodimlar uchun shoxobchalar;
- “Lusail” stadionidagi Saudiya Arabistoni VIP-hududi;
- VAR arbitrlar uchun yopiq hudud.
Eng yopiq obyekt VAR arbitrlar uchun hudud bo‘lgandi. Hakamlar bahsli lahzalarni turli rakurslardan qayta ko‘radigan va hal qiluvchi qarorlar qabul qiladigan videotakror xonasi media-markazning ichida joylashgandi. Unga kirish qat’iyan cheklanadi — faqat yuqori darajadagi maxsus ruxsatnoma bilangina kirish mumkin edi. Omma va matbuot bilan muloqotning oldini olish uchun arbitrlarga ish joyini tark etish taqiqlangandi, shu sababli biz ular uchun bevosita VAR xonasining o‘zida alohida ovqatlanishni uyushtirardik.
Harbiy obyektdagidek xavfsizlik
Qatarda xavfsizlikka alohida e’tibor berilgandi. Minglab mutaxassislar, jumladan turli mamlakatdan kelgan xavfsizlik xizmatlari xodimlari qo‘riqlashni ta’minlashardi. Ular bilan suhbatga kirishish bizga taqiqlangandi — faqat taom bilan ta’minlardik, xolos.
Ko‘p bosqichli tekshiruvlar tufayli ovqat va mahsulot tashish haqiqiy kvestga aylangandi. Hatto, birinchi kun bufetni 15 daqiqaga kechikib ochdik — tekshiruvlarga amalda ketadigandan kamroq vaqt ajratgan ekanmiz. “Xalifa” va “Lusail” stadionlarida dasturxonni o‘z vaqtida yozish uchun furshet boshlanishidan 4−6 soat oldin chiqib ketishga to‘g‘ri kelardi. Jarayon shunday bo‘lardi: taomni yuk mashinasiga ortardik va Qatar Universitetidagi birinchi tekshiruv shoxobchasiga borardik. U yerda xavfsizlik xizmati mashinani tekshirardi va kuzovni stiker-plomba bilan muhrlardi. Oshpazlar furgon ichida ketishardi. Agar shundan keyin bir marta ochilsa ham stiker yirtilardi va butun tekshiruv siklini boshidan boshlashga to‘g‘ri kelardi. Ikkinchi skrining — plombaning butligi tekshiruvi — arenalarga kiraverishda o‘tkazilardi.
Barcha manzillarda oziq-ovqat xavfsizligi ustidan qat’iy nazorat o‘tkazilardi. Har bir nuqta kuniga uch marta (nonushta, tushlik va kechki ovqatga) Qatar munitsipaliteti vakillari va FIFA nozirlari tekshirardi. Ular sovutkichdagi haroratni o‘lchashar va tayyor taomlardan tatib ko‘rishardi. Shuningdek, jamoamizda gigiena bo‘yicha o‘z menejerlarimiz ishlashardi, ular sanitariya standartlariga rioya etilishini nazorat qilardilar.

Xulosalar: Qatar ko‘plab muxlislar orzusini ushaltirdi
Men uchun u chempionat ham professional, ham insoniy nuqtai nazardan qadrlidir. Hindiston fuqarosi sifatida, AQSH yoki Yevropaga viza olish qanchalik og‘irligini bilaman. Qolaversa, turnir bir necha davlatda o‘tkazilganda, muxlislarga bu mamlakatlarning har biriga hujjatlar rasmiylashtirish va parvozlarga katta pul sarflashiga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik uchun bu yetib bo‘lmas orzudir. Qatar esa, ko‘plab muxlislarning orzusini ushaltirdi — futbol bo‘yicha Jahon chempionatini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish imkonini berdi.
Beldersoy Resort & SPA: Michelin darjasidagi oshxona
Hozirda Nixit Vargxes Beldersoy Resort & SPA’da to‘rtta restoranga rahbarlik qilib, har biri uchun noyob pazandachilik konsepsiyasini yaratdi. Nafis’da mehmonlarni mavsumiy xos taomlar kutadi, SOMA — O‘rta Yer jilolariga ega mualliflik taomlari. Yaponiya va AQSHdan keltirilgan premium go‘shtni Fire & Ice’da tatib ko‘rish, dor yo‘lining yuqori stansiyasida joylashgan manzarali Montis’da tog‘ manzarasi qarshisida san’at darajasiga olib chiqilgan mintaqaviy taomlardan zavq olish mumkin.
Mijozlar mehmonxonada qolish niyati bo‘lmasa ham, pazandachilik nafosatiga sho‘ng‘ib, Michelin darajasidagi taomlarni tatib ko‘rishlari mumkin. Beldersoy Resort & SPA restoranlaridan istalganida stol band qilish imkoniyati bor.
Sayt: beldersoy.com
Instagram: @beldersoyresortspa
Telegram: t.me/beldersoyresortspa
Reklama huquqlari asosida.