Indoneziya mamlakatga kelgan xorijiy fuqarolar uchun kirib kelganda viza olishlari (Visa on Arrival — VoA) narxini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TACC nashri mamlakat Immigratsiya bosh boshqarmasi rahbari Hendarsam Marantokoga tayanib xabar berdi.

Taklif bo‘yicha viza to‘lovi hozirgi summaga nisbatan ikki baravargacha oshishi mumkin. Ayni paytda xabarda narx qachondan oshirilishi va yangi summa qancha bo‘lishi bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagani ko‘rsatilgan.

Hozirda viza to‘lovi 500 ming Indoneziya rupiyasi (taxminan $28)ni tashkil qiladi.

Taklifga ko‘ra:

  • e-VoAni safardan oldin onlayn rasmiylashtirganlar — 750 ming Indoneziya rupiyasi (taxminan $42) to‘laydi;
  • Indoneziyaga kelgach VoA oladiganlar — 1 mln Indoneziya rupiyasi (taxminan $56) to‘laydi.

Ya’ni, aeroportda olinadigan VoA narxi ikki baravarga, e-VoA esa 50% ga qimmatlashishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, hozir VoA orqali mamlakatga kirishda belgilangan to‘lov undiriladi, yangi tartib joriy etilsa, sayohatchilarning xarajatlari oshadi.


Avvalroq Spot Yaponiya 1-iyuldan viza narxini besh barobarga oshirishi haqida yozgandi.

Yangi tariflarga ko‘ra, bir martalik viza $93 ga, ko‘p martalik viza esa $186 ga oshiriladi.