1-kursga tavsiya etilgan abituriyentlar yotoqxonaga joylashish uchun ariza berishi mumkin. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha ariza topshirish xizmati ishga tushirildi.
18-avgustdan boshlab talabgorlar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal (my.gov.uz) orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berishi mumkin.
Xizmatdan havola orqali onlayn foydalanish mumkin.
Yotoqxonalarga joylashtirish mavjud o‘rinlar va belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. Dastlab imtiyoz va ustuvorlikka ega talabgorlar joylashtiriladi. Shundan so‘ng qolgan o‘rinlar umumiy ro‘yxatdagi talabalar o‘rtasida navbat asosida taqsimlanadi.
Reglamentga ko‘ra, 1-kurs talabalari uchun talabalar turar joylaridagi o‘rinlarning 55−65% gacha ajratiladi.
Bu yil talabalar uchun yangi qulaylik joriy etildi. Endilikda talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik amalga oshiriladi.
Avvalroq Spot mandat e’lon qilingani haqida yozgan edi.