Migratsiya agentligi O‘zbekiston fuqarolarini Xorvatiyada qurilish sohasida ishlashga taklif qilmoqda.
Jami 16 ta ish o‘rni mavjud va ariza uchun havolalar quyida berilgan:
- G‘ishtchi-devorchi — 4 ta;
- Pardozlash ustasi — 2 ta;
- Fasad ishchisi — 4 ta;
- Qolipchi (opalubkachi) — 4 ta;
- Gipsokarton montajchisi (Knauf ishchisi) — 2 ta.
G‘ishtchi-devorchi, pardozlash ustasi, fasad ishchisi va qolipchilar uchun ish haqi soatiga 8 yevro, o‘rtacha oyiga 1500−1800 yevroni tashkil etadi. Gipsokarton montajchilari uchun ham maosh oyiga xuddi shuncha.
Ish vaqti oyiga 176−220 soatni tashkil etadi. Mehnat shartnomasi 3 yilga tuziladi va uni uzaytirish imkoniyati mavjud. Dastlabki 3 oy sinov muddati bo‘lib, bu davrda ham boshlang‘ich ish haqi soatiga 8 yevroni tashkil etadi.
Nomzodlardan tegishli yo‘nalish bo‘yicha malaka va kamida 3 yillik ish tajribasi talab qilinadi. Malaka sertifikatiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.
Shuningdek, emlash sertifikati talab etiladi. Xorvatiya tomonidan beriladigan 18a shakli majburiy bo‘lib, uni rasmiylashtirishda Migratsiya agentligi yordam beradi.
Ish beruvchi xodimlarning aeroportdan yashash joyigacha transferi, yashash joyi, kuniga bir mahal ovqatlanish, tibbiy sug‘urta, o‘quv xarajatlari va ish joyigacha transport xarajatlarini qoplaydi.
Bundan tashqari, ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish xarajatlari ham ish beruvchi zimmasida. Imkoniyat bo‘lsa, xodimga yiliga bir marta ta’til uchun aviachipta ham taqdim etiladi.
Nomzodlar esa O‘zbekistondan Xorvatiyagacha aviachipta va ish vizasi xarajatlarini dastlab o‘zlari qoplaydi. Ishga joylashgandan so‘ng ushbu xarajatlar Migratsiya agentligi tomonidan kompensatsiya qilinadi.
Avvalroq Spot Jahongir Ortiqxo‘jayev xorijdagi 10 ming o‘zbekistonlikni qaytarish va ishga joylashtirishni taklif qilgani haqida yozgandi.